Shashmaqom an’analari va Yevropa opera san’atini uyg‘unlashtirgan yangi janrni yaratish va dunyoga tanitish.
BatafsilOpera san’ati ijodiy birlashmasi

San’at — millat ruhi
Birlashma haqida

Opera san’ati ijodiy birlashmasi — opera xonandalari, dirijyorlar, rejissyorlar, librettonavislar, orkestr sozandalari, yosh ijrochilar va sohaning boshqa vakillarini birlashtiruvchi, jamoat birlashmasi shaklidagi nodavlat notijorat tashkilot.
BatafsilBirlashma kimlarni birlashtiradi
Bizning maqsadimiz
Milliy maqom an’analari (Shashmaqom) va Yevropa opera san’atini uyg‘unlashtirgan «Maqom Opera» yangi janrini yaratish va uni O‘zbekistonning madaniy brendi sifatida xalqaro maydonda ilgari surish
Opera ijodkorlarining jamiyatdagi mavqeini ko‘tarish, mukofotlar, unvonlar va ijodiy grantlar orqali ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish
Respublikaning barcha hududlaridan, ayniqsa chekka tumanlardan iqtidorli yosh operachilarni izlab topish va kasbiy yo‘naltirish
Faxriy san’atkorlar va professor-o‘qituvchilarning mahoratini yosh avlodga yetkazish uchun mahorat darslari (master-klass) tashkil etish
O‘zbek opera san’atini nufuzli xalqaro festivallar, tanlovlar va madaniy dasturlarda namoyish etish
«Mahalla — tuman — viloyat — respublika» zanjiri asosida ko‘rik-tanlovlar va festivallar o‘tkazish
Faoliyat yo‘nalishlari
Birlashma Ustavidagi maqsad va vazifalardan kelib chiqqan oltita asosiy yo‘nalish.
«Mahalla — tuman — viloyat — respublika» zanjiri asosida yil davomida ko‘rik-tanlovlar va festivallar.
BatafsilFaxriy san’atkorlar va ustozlarning master-klasslari, xalqaro tanlovlarga tayyorlov (coaching) kurslari.
BatafsilChekka qishloq va tumanlardagi bolalar musiqa va san’at maktablariga taniqli operachilar ishtirokida safarlar.
BatafsilSoha vakillarini ijtimoiy himoya qilish, mukofotlar, unvonlar va ijodiy grantlar orqali rag‘batlantirish.
BatafsilO‘zbek opera san’atini nufuzli xalqaro festivallar va tanlovlarda namoyish etish, xorijiy hamkasblar bilan aloqalar.
BatafsilTanlovlar
Mahalladan respublikagacha
Yil davomida izchil ravishda «mahalla — tuman — viloyat — respublika» zanjiri asosida hududiy ko‘rik-tanlovlar va festivallar o‘tkaziladi, iqtidorli san’atkorlar respublika va xalqaro tanlovlarga tayyorlanadi.
Batafsil- 01Mahalla
- 02Tuman
- 03Viloyat
- 04Respublika
2026
Yilda tashkil etilgan
«Maqom Opera» janri
Ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash
Yosh iste’dodlarni kashf etish
Mahorat darslari
Xalqaro maydonda
Milliy madaniyatni asrash
Hamkorlik yo‘nalishlari
- O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
- Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
- Kinematografiya agentligi
- O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
- O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
- O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi
- O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi
- O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
- O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Biz bilan bog‘laning








