Ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash
Soha vakillarini ijtimoiy himoya qilish, mukofotlar, unvonlar va ijodiy grantlar orqali rag‘batlantirish.
Faoliyat
Birlashma opera ijodkorlarining jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini ko‘tarish, ularning mehnatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimlarini (mukofotlar, unvonlar, ijodiy grantlar) joriy etadi.
Homiy jismoniy va yuridik shaxslarning xayriyalari hisobiga ijodkorlar doimiy qo‘llab-quvvatlanadi, faxriy a’zolarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi. O‘zbek opera ijrochilarining asarlari, nota to‘plamlari, darsliklar va musiqiy-ilmiy monografiyalarni nashr etishga ko‘maklashiladi.