Birlashma Ustavi 2026-yil 18-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Opera san’ati ijodiy birlashmasi tashabbuskorlarning ta’sis yig‘ilishida tasdiqlangan Ustav asosida tashkil etildi va 2026-yil 18-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Birlashma — opera xonandalari, dirijyorlar, rejissyorlar, librettonavislar, orkestr sozandalari, yosh ijrochilar va sohaning boshqa vakillarini birlashtiruvchi, jamoat birlashmasi shaklidagi nodavlat notijorat tashkilot.
Birlashmaning asosiy maqsadi — soha vakillarini ijtimoiy himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, tanlovlar orqali yangi iste’dodlarni kashf qilish, milliy madaniyatimizni targ‘ib qilish va uni asrab-avaylash.
Ustuvor tashabbuslar qatorida milliy maqom an’analari (Shashmaqom) va Yevropa opera san’atini uyg‘unlashtirgan «Maqom Opera» yangi janrini yaratish va uni O‘zbekistonning madaniy brendi sifatida xalqaro maydonda ilgari surish belgilangan.